Koronavirus Trampni tavbasiga tayantirdi (foto)
![Koronavirus Trampni tavbasiga tayantirdi (foto)](https://static.xabaruz.com/crop/3/4/720_460_95_3406350874.jpg)
An’anaga ko‘ra Xabar.uz o‘quvchilari e’tiboriga o‘tgan hafta davomida ro‘y bergan eng muhim 7 hodisa havola etiladi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/20/720__kQSUnqUdazBUXha9q7k_PK6ycOsfaivy.jpg)
- Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo tarafdorlari hukumatga qarshi norozilik namoyishlarini davom ettirmoqda. Mamlakat hamon siyosiy inqiroz holatida. Ommaviy namoyishlarga qaramay, prezident Nikolas Maduro davlat rahbari kursisini osonlikcha topshirmoqchi emas.
![](https://static.xabar.uz/uploads/20/720__lD16pY-x_0_qDUTR0KsJSdz7unicarwd.jpg)
- AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus sabab butun mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. Avvalroq Oq uy sohibi epidemiya u qadar jiddiy xavf tug‘dirmasligi haqida bayonot bergan edi. Ammo Qo‘shma Shtatlarda ko‘rinmas illatga chalingan va undan vafot etganlar soni ko‘paygach, tavbasiga tayangan prezident qat’iy choralarga kirishdi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/20/720__J9xPTOovX0u5g4T4U8Z--wHa8ytn21GJ.jpg)
- Qochqin ota farzandini himoya qilishga urinmoqda. Gretsiya chegarachilari sarhaddan o‘tishga urinayotgan qochqinlarga nisbatan ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘lladi. Edirne, Turkiya.
![](https://static.xabar.uz/uploads/20/720__aIwwx3XUuyWLSNZL_Bom57HWmJc4UNkU.jpg)
- Eronliklar liftda xavfsizlik yuzasidan tish tozalagichlardan foydalanmoqda. Mamlakat bo‘ylab yoyilgan koronavirus ofati odamlarni o‘ta ehtiyotkor bo‘lishga majbur etmoqda.
![](https://static.xabar.uz/uploads/20/720__5Q-Hyq9Pnrka-hSYcolOXZDNjvE7WOze.jpg)
- Turkiya harbiylar murakkab ob-havo sharoitda mashqlar o‘tkazdi. Davraz tog‘i, Turkiya. Foto: «Anadolu Ajansı»
![](https://static.xabar.uz/uploads/20/720__lNfkgaF2he-Q4T5OEg6g3wpTdDYbDA5C.jpg)
- Och qolgan kiyiklar Nara shahri ko‘chalarida ozuqa qidirib yuribdi. Kunchiqar o‘lkaning sayyohlar ko‘p keladigan shahri koronavirus sabab huvillab yotibdi. Nara, Yaponiya.
![](https://static.xabar.uz/uploads/20/720__sdUrhS-GBQbfBpXbeb4jCtejnm15XdcJ.jpg)
- Fransiyalik regbichi o‘zini boks ustasi chog‘ladi shekilli, shotland hamkasbi yuziga musht tushirdi. Hakam esa mushtumzo‘rni o‘sha zahoti o‘yindan chetlatdi. Edinburg, Shotlandiya.
S.Salim tayyorladi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter