Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus O‘zbekistonga oldinroq kirib kelgan bo‘lishi mumkin

Koronavirus O‘zbekistonga oldinroq kirib kelgan bo‘lishi mumkin

Nurmat Otabekov.

Foto: Videolavhadan skrinshot

AOKA anjumanlar zalida Respublika maxsus komissiyasining karantin choralarini kuchaytirish borasidagi qarori yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda mutaxassislar oldinda jiddiy vaziyat turganini qayd etishdi.

«Bu yerda faqat tibbiyot, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, OAV, hokimliklar yoki muayyan soha vakillari ishni qiladi deydigan bo‘lsak, bo‘lmaydi. Aynan qars ikki qo‘ldan chiqadigan vaziyat mana bugun biz uchun asqotadi. Shunday ekan, xalqimiz mutaxassislarning fikrini tinglab, unga amal qilmas ekan, biz vaziyatni barqarorlashtira olmaymiz», — deya ta’kidladi Sanitariya-epidemiologik nazorat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov.

Shuningdek, mutaxassis koronavirus O‘zbekistonga oldinroq kirib kelgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi.

«Bir jihatga e’tibor beraylik. O‘zbekiston hududida birinchi bemor 2020 yilda 15 mart kuni qayd etildi. Biroq kasallik mamlakatimizga undan avval ham kirib kelgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmaymiz.

Biz birinchi aniqlagan bemorimizdan sarhisobni boshladik. Shundan keyin statistik raqamlar shakllandi», — dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring