Koronavirus: O‘zbekistonda ommaviy emlash boshlanish sanasi va birinchi galda kimlar emlanishi ma’lum qilindi
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoniga tayyorgarlik ishlari oxiriga yetkazilmoqda. Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov SSV Matbuot xizmatiga mazkur jarayonlarning borishi haqida ma’lumot berdi.
«O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlari 2021-yilning 1-aprelidan boshlanadi. Birinchi galda 65 yoshdan yuqori yoshda bo‘lgan shaxslar va tibbiyot xodimlari emlanishi rejalashtirilmoqda», — dedi Nurmat Otabekov.
Albatta, bunda tibbiyot xodimlarining barchasi emas, aynan koronavirus kasalligiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lish orqali kasallikni yuqtirib olish ehtimoli yuqori bo‘lgan tibbiyot xodimlari, xususan:
koronavirusni davolashga ixtisoslashgan maxsus shifoxonalar;
tez tibbiy yordam tizimi;
shoshilinch tibbiy yordam tizimi;
yuqumli kasalliklar shifoxonalari;
koronavirus tashxisoti laboratoriyalari;
birlamchi bo‘g‘in, ambulatoriya va poliklinika xizmati xodimlari emlanishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter