Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: emlangandan so‘ng kasallanganlar orasida eng ko‘p tarqalgan simptomlar

Koronavirus: emlangandan so‘ng kasallanganlar orasida eng ko‘p tarqalgan simptomlar

Foto: DW

Emlanishdan so‘ng COVID-19 bilan kasallanish xavfi sezilarli darajada pasayadi, biroq koronavirus «endi menga tegmaydi», deyishga erta. Daniya radiosi (DR) xabarida shu mavzuda so‘z boradi.

Infeksiyalar bo‘yicha mutaxassis Tomas Benfild hamda immunolog Rune Xartman emlanganlarda, xuddi vaksina qabul qilmaganlardagi singari, kasallik turlicha kechishini kuzatishdi. Emlanganlar, asosan keksalar, kovidga chalinish ortidan shifoxonalarga tushayotganlar ham yetarlicha, farqi — aksariyat hollarda xastalik o‘ta og‘ir kechmaydi.

To‘liq emlangan kishilarning ham koronavirusni yuqtirish holati «sakrovchi infeksiya» deyiladi. Koronavirus simptomlarini kuzatuvchi va o‘rganuvchi eng yirik ilova — ZOE COVID Symptom Study mutaxassislarining tadqiqotlariga ko‘ra, emlanganlarda COVID-19 asosan bosh og‘rig‘i, tumov, yo‘tal va aksirish hamrohligida kechadi, emlashdan keyingi kasallikda isitma va hid bilishning yo‘qolishi judayam kam kuzatiladi.

Xartmanning aytishicha, kasallikning og‘ir kechishiga vaksinaning o‘zi, kishining yoshi va yo‘ldosh kasalliklar sababchi bo‘lishi mumkin: «Aholining eng yoshi ulug‘, 70 yoshdan oshgan qatlamida vaksina samaradorligi olti oydan so‘ng kamayayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Agar ular bu paytda uchinchi emlashni ham olishsa klinik yaxshilanish boshlanadi».

Hatto to‘liq emlanganlar ham, birinchi navbatda atrofidagilarga kasallikni yuqtirmaslik uchun, simptomlarga befarq bo‘lmasliklari kerak, ta’kidladi daniyalik immunolog.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring