Koronavirus bo‘yicha telegram-bot ishga tushirildi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Uzinfocom yagona integratori koronavirus infeksiyasi bo‘yicha Coronavirus Yordam nomli telegram-botni ishga tushirdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Telegram-botga havola: @coronavirusYordamBot.
Telegram-bot orqali fuqarolar onlayn rejimida koronavirus infeksiya bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida shifokor tomonidan konsultatsiyani olish imkoniga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholini koronavirus (COVID-19) bo‘yicha va O‘zbekistonda koronavirus tarqalishini oldini olishda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ob’yektiv va ishonchli ma’lumot bilan ta’minlab borish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi call-markazining 1003 qisqa yagona raqami va rasmiy veb-sayti — http://coronavirus.uz/uz ishga tushirilgandi.
Shu bilan birga ushbu veb-sayt orqali koronavirus (COVID-19)ni aniqlash bo‘yicha dastlabki testni topshirish imkoni yaratilgandi.
Telegram-bot ishga tushurilishi bilan esa aholi uchun yanada qulaylik yaratildi: endi fuqarolar call-markaziga murojaat qilgan paytida telefon qo‘ng‘irog‘iga javob kutmasdan bevosita bot orqali murojaat qilishlari va tezkor yordam olish imkoniyati yaratildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter