Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus bo‘yicha Call-markazga barcha qo‘ng‘iroqlar bepul amalga oshiriladi

Koronavirus bo‘yicha Call-markazga barcha qo‘ng‘iroqlar bepul amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda mutasaddi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida, bir qator chora-tadbirlar belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda bundan aholiga, tashkilotlarga va tadbirkorlik sub’ektlariga salbiy ta’sirni kamaytirish bo‘yicha ham hukumat darajasida qator choralar ko‘rilmoqda.

Shulardan biri, O‘zbekistonda koronavirus masalasi bo‘yicha ob’yektiv va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish uchun 16 mart kunidan Toshkentda O‘zbekiston fuqarolarining koronavirus infeksiyasi yuzasidan tug‘ilgan savollariga o‘z vaqtida javob olish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi Call-markazining qisqa 1003 yagona raqami 24 soat davomida ishlab turibdi. Fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan qo‘ng‘iroqlarni barcha telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari tomonidan respublikamizda bepul amalga oshiradi.

Abonentlar barcha telefon aloqalari orqali mazkur raqamga bepul murojaat qilishlari va 24 soat davomida mutaxassislar tomonidan maslahatlar va koronavirusga qarshi profilaktika va kurash borasida kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring