Koronavirus: 32 yoshli homilador ayol vafot etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Toshkent shahar Sergeli tumanida yashagan 32 yoshli D.I. (ayol)da 2-iyuldan holsizlik, 38 darajagacha yuqori tana harorati, yo‘tal boshlangan va 6 iyul kuni u xususiy klinikaga murojaat qilgan. 9-iyulga qadar uy sharoitida davolangan.
9-iyuldan boshlab shahar 7-son tug‘uruq kompleksida «29 haftalik 5-homiladorlik, 4-tug‘uruq, ikki tomonlama pnevmoniya, semizlikning 2-darajasi, kamqonlik» tashxisi bilan statsionar sharoitida davolangan.
Unda «COVID-19» tasdiqlangandan so‘ng esa 17-iyul kuni shahar 3-son tug‘uruq kompleksiga o‘ta og‘ir ahvolda o‘tkazilgan. U yerda unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.
Bemorda 30 haftalik homiladorlik, shuningdek, asoratlangan akusherlik anamnezi, homilaning antenatal o‘limi, qandli diabet va semizlikning 2-darajasi bo‘lgan.
Bemorning asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarlarga qaramay, u o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi, poliorgan yetishmovchilikdan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter