Ko‘pchilik koronavirusning og‘ir formasiga yo‘liqqan — JSST
Koronavirus infeksiyasiga antitanachalarni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar kasallanganlarning aksariyati og‘ir formaga chalinganini tasdiqlamoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga asoslanib «RIA Novosti» xabar berdi.
Tashkilotning favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Mayk Rayanning aytishicha, virusni yuqtirganlar umumiy soni tahlil qilinganida, kasallikni og‘ir o‘tkazuvchilar soni ko‘pchilikni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi. Jahon hamjamiyati epidemiya tarqalishiga qarshi kurash choralarini kuchaytirishi kerak, ta’kidlaydi Maykl Rayan.
«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 4,25 mln.taga yetdi, shundan 1,5 millioni tuzalib ketgan, qurbonlar — 287,3 ming nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter