Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harbiylar xayriya uchun bir haftada yarim milliard so‘m to‘plashdi

Harbiylar xayriya uchun bir haftada yarim milliard so‘m to‘plashdi

Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari xavfli infeksiya bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 515 million so‘m xayriya qildi. Okrug tasarrufidagi Jizzax, Navoiy va Samarqand garnizonlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 515 million 390 ming so‘m mablag‘ yig‘ildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati Xabar.uz’ga ma’lum qildi.

Dastlab, harbiy xizmatchilar rasmiy internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida «Mehr-shafqat va salomatlik» fondi tashkil etilgani, unga tushgan mablag‘lar maqsadli ravishda xavfli kasallikni tarqalishini oldini olish va davolash profilaktikasi uchun sarflanishi haqida xabar topishdi.

Shundan so‘ng, okrug qo‘shinlari tarkibidagi bo‘linmalar, harbiy qismlarda, nazorat o‘tish joylarida ko‘ngilli harbiylar tomonidan xayriya qutilari o‘rnatildi.

O‘tgan bir xafta vaqt ichida xayriya qutisiga kelib tushgan mablag‘lar, «Mehr-shafqat va salomatlik» fondiga o‘tkazilib berilgan. Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari bu kabi xayrli va savobli ishlarda faollik ko‘rsatishda davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring