Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kitobda karantin choralari kuchaytirildi. Hokimlik aholidan vahima qilmaslikni so‘ramoqda

Kitobda karantin choralari kuchaytirildi. Hokimlik aholidan vahima qilmaslikni so‘ramoqda

Foto: Xabar.uz

Kitob tumanida karantin ehtiyot choralari vaqtincha kuchaytirildi. Bu bilan tuman aholisining kasallikka chalinish xavfidan ko‘proq himoya qilish nazarga tutilgani xabar qilinmoqda.

Ayni paytda tuman markaziga kirish-chiqish yo‘llari hamda umumiy vaziyat rahbariyat tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Ushbu holat tumanga koronavirus kirib kelishi va tarqalishi xavfi borligi bilan izohlanmoqda. Shu bois oldindan ehtiyot choralarini ko‘rish taqozo etiladi.

«Karantin talablari kuchaytirilishi vahima qilishga asos bo‘lmaydi, balki shaxsiy himoyani kuchaytirish, xotirjam, tartibli harakat qilish va o‘z-o‘zini nazoratga olishni taqozo etadi.

Aziz tumandoshlar!

Sizdan turli mish - mishlarga ishonmasdan, karantin talablariga amal qilib o‘zingiz, oilangiz va yaqinlaringiz sog‘ligi uchun yordam berishingizni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Tumandagi epidemiologik vaziyat yuzasidan yana qo‘shimcha axborot beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring