Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Juma namozlari ado etilishiga oid cheklov bekor qilindi

Juma namozlari ado etilishiga oid cheklov bekor qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimizda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma’naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

SSV xabariga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasining majlisida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 24 sentyabrdan e’tiboran juma namozi va boshqa namozlarni masjidlarning faqat ochiq sahnalarida ado etilishiga oid cheklovni bekor qilish to‘g‘risidagi taklifi ko‘rib chiqildi hamda ma’qullandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring