Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST homilador ayollarni koronavirusning xavfli asoratlaridan ogohlantiradi

JSST homilador ayollarni koronavirusning xavfli asoratlaridan ogohlantiradi

Foto: «Luis Barron / Keystone Press Agency»

Koronavirusni yuqtirib olgan homilador ayollarda og‘ir kasalliklar rivojlanish xavfi ortadi. Xastalik bo‘lajak onaning homilasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa byurosi direktori Xans Klyuge ma’lum qilgan.

«Ikkinchi va uchinchi trimestrda COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda reproduktiv yoshdagi homilador bo‘lmagan ayollarga qaraganda jiddiy kasalliklarga chalinish xavfi yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, COVID-19 o‘lik tug‘ilish va erta tug‘ilish xavfini oshiradi», — dedi u.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 35 yoshdan oshgan homilador ayollar xavf ostida.

Shu bilan birga, o‘tkazilgan tadqiqotlar COVID-19 vaksinasining ayol yoki homila salomatligiga zararli ta’sirini aniqlamadi. Shu munosabat bilan homilador ayollarga emlash tavsiya etiladi. JSST, shuningdek, emizikli onalar emlashdan keyin emizishni davom ettirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring