JSST «AstraZeneca» bo‘yicha o‘z xulolasini ma’lum qildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti «AstraZeneca» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina bilan odamlarni koronavirusga qarshi emlashni davom ettirish mumkinligini tavsiya qilgan. Bu haqda tashkilot veb-saytida e’lon qilingan bayonotda ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, JSST «AstraZeneca» vaksinasi xavfidan ko‘ra foydasi yuqoriroq deb baholab, u bilan emlashni davom ettirish mumkinligini ta’kidlagan.
Shuningdek, tashkilotning vaksinalar xavfsizligi bo‘yicha qo‘mitasi vaksina bilan bog‘liq so‘nggi ma’lumotlarini diqqat bilan o‘rganishda davom etmoqda. Baholash ishlari yakunlangach, JSST yakuniy natijalarni jamoatchilikka yetkazishi qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, JSST ushbu xulosaga kelishdan oldin ayrim Yevropa Ittifoqi davlatlari ushbu vaksinadan ehtiyot chorasi sifatida foydalanishni to‘xtatganligini, bunga esa preparatni olgan odamlarda kam uchraydigan tromboz xastaligi kuzatilgani sabab bo‘lgani ham inobatga olingan. Shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo boshqa davlatlarning vaksinadan foydalanishni davom ettirishga qaror qilgani ham ta’kidlab o‘tilgan.
Tashkilot xabariga ko‘ra, koronavirusga qarshi emlash boshqa sabablarga ko‘ra kasallanish yoki o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirmaydi, tromboembolik asoratlar esa tez-tez uchrab turadi. Hozirda dunyoda eng ko‘p uchraydigan yurak-qon tomir kasalliklari orasida uchinchi o‘rinda turadi. Amaldagi emlash yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy yon ta’sirlar haqidagi hisobotlar odatiy amaliyot bo‘lib, ushbu hodisalar vaksina bilan bog‘liqlikni anglatmaydi.
Avvalroq O‘zbekistonga AstraZeneca vaksinasining 660 ming dozasi keltirilgani haqida xabar qilgan edik.
Shuningdek kuni kecha AOKAda «O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat, vaksinatsiya jarayonlariga tayyorgarlik» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter