Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamoaviy immunitet shakllanishi tekshiriladi, tuzalganlar uchun reabilitatsiya markazlari ochiladi

Jamoaviy immunitet shakllanishi tekshiriladi, tuzalganlar uchun reabilitatsiya markazlari ochiladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda jamoaviy immunitet shakllanishi nazorat ostiga olinadi. Shuningdek, koronavirusdan tuzalganlar uchun reabilitatsiya markazlari ochiladi.

Prezident ishtirokida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga (Yusupaliyev) jamoaviy immunitet shakllanishi jarayonini monitoring qilib borish bo‘yicha topshiriq berilgan. Unga ko‘ra, har haftada antitanachalar (immunoferment) tahlilini o‘tkazishni tashkil etishi kerak.

Shuningdek yig‘ilish davomida kovidli pnevmoniya bemor tuzalganidan keyin ham ichki organlarda og‘ir asorat qoldirishi ta’kidlab o‘tildi.

Shu sababli, Behzod Musayev, Jamshid Qo‘chqorov va Sog‘liqni saqlash vazirligiga bir hafta muddatda kovidli pnevmoniyadan tuzalgan aholini reabilitatsiya qilish markazlarini tashkil etish bo‘yicha aniq takliflar va hisob-kitoblarni amalga oshirish vazifasi topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring