Jamg‘arma mablag‘lari: qo‘yningdan to‘kilsa, qo‘njinggami?

Karantin markazi
Karantin markazi va shifoxonalardagi fuqarolar, bemorlar va shifokorlarni kimlar ovqatlantirmoqda? Telegramdagi «Davletovuz» kanali shu savolga javob qidirdi va quyidagilarni aniqladi:
- «NAVROZ» DAVLAT QABULLAR UYI karantin markazida saqlanayotgan fuqarolarni ovqatlantirish uchun 18,1 mlrd so‘mlik, 15,4 mlrd so‘mlik, 9,2 mlrd so‘mlik, 9 mlrd so‘mlik davlat buyurtmasini olgan. Tashkilot shahar hokimligiga tegishli. Jami — 52 mlrd so‘m.
- «MAZALI TAOMLAR MAMLAKATI» MChJ Zangiota tumanidagi kasalxonada bemorlar va tibbiyot xodimlarini ovqatlantirish uchun 5,8 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatgan. Korxona Raxmatullayev Jamshid Akbarjonovichga tegishli.
- «PAGE GROUP» MChJ Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘ptarmoqli klinikasidagi bemorlarni ovqatlantirish uchun 1,996 mlrd so‘mlik, 589,7 mln so‘mlik oziq-ovqat xizmatlari ko‘rsatilgan. Jami 2 mlrd 586 mln so‘m.
- «ORIENT ALLIANCE» MChJ 1-sonli Respublika klinik shifoxonasi 213 mln 414 ming so‘mlik, Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasi uchun 72,2 mln so‘mlik, 17,6 mln so‘mlik, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun 170 mln so‘mlik oziq-ovqat xizmatlari ko‘rsatilgan. Jami 472 mln so‘m.
Izoh: «PAGE GROUP» MChJ ham, «ORIENT ALLIANCE» MChJ ham Xashimov Baxtiyor Arifdjanovichga tegishli. U avval Sog‘liqni saqlash vazirligining Iqtisodiyot, moliya va prognozlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Izoh 2: Karantin markazlarida ovqatlantirish xarajatlari uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 110 mlrd so‘m sarflangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter