Jahonda koronavirusga qarshi emlashlar soni 3 milliardga yetdi
![Jahonda koronavirusga qarshi emlashlar soni 3 milliardga yetdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/7/720_460_95_2772616077.png)
2020-yil dekabrida global emlash kampaniyasi (koronavirusga qarshi) boshlanganidan beri sayyoramiz aholisi 3,05 mlrd. doza vaksina qabul qildi. Bu haqda 30-iyun kuni «Bloomberg» agentligi ma’lum qildi.
«Jahon tarixidagi eng yirik emlash kampaniyasi davom etmoqda. 180 mamlakatda 3,05 milliard doza vaksina qabul qilindi. Bir kunga taxminan 42,9 million doza vaksina to‘g‘ri kelyapti», — deyiladi xabarda.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 5,3 foizi vaksina qabul qilgan.
Ta’kidlanishicha, teppa-teng taqsimlanganida, 3 mlrd. doza vaksina bilan sayyoramizning 19,6 foiz aholisini emlash mumkin bo‘lardi. Biroq yuqori taraqqiy etgan mamlakatlar va mintaqalarda vaksinatsiya qashshoq mamlakatlarga nisbatan 30 karra tezroq ketmoqda.
Shu alfozda, ta’kidlaydi «Bloomberg», agarda vaksinatsiya jarayoni yanada tezlatilmas ekan, global immunitetn yuqori darajasiga erishish uchun yana bir yil ketadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter