Italiyalik olimlar koronavirusning yangi asoratlarini aniqlashdi
Koronavirus og‘ir shaklga o‘tganda eritrotsitlardagi gemoglobinga hujum qilib, inson qoniga zarar yetkazishi mumkin. Buni Italiyaning Verona universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot tasdiqladi, deb yozadi «Hematology, Transfusion and Cell Therapy» jurnali.
Olimlarning ma’lum qilishicha, bu koronavirus infeksiyasi og‘ir kechgan pnevmoniyani davolashda o‘pkani sun’iy ventilyasiya qiluvchi apparatning befoyda bo‘lishi mumkinligini anglatadi, chunki bunday bemorlarning gemoglobini juda pasayib ketadi. Shunga ko‘ra klinik holatni baholash uchun tadqiqotchilar, birinchi navbatda, koronavirusga chalingan bemorlarning gemoglobinini tekshirishni taklif qilmoqda. Bordi-yu, uning darajasi past bo‘lsa, bu virusning rivojlanganligiga ishora qiluvchi xavotirli alomat sifatida baholanadi.
«Pirovard natijada tezda tekshiruv o‘tkazib, o‘lim va og‘ir dard zo‘rayishining oldini olish maqsadida ushbu klinik holatda qon quyish foydali bo‘lish-bo‘lmasligini baholash kerak», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter