Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri  eng yaxshi rekord qayd etildi, ammo...

Italiyada koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri  eng yaxshi rekord qayd etildi, ammo...

Foto: «Euronews»

Italiyada bir sutka davomida rekord darajada ko‘p — 8014 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Mamlakat fuqaro mudofaasi departamenti pandemiya boshlanganidan beri bunday ko‘rsatkich qayd etilmaganini ma’lum qildi.

Italiyada koronavirusdan tuzalib ketganlar jami soni 93245 nafarga yetdi.

Apennin yarimorolida pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusdan sog‘ayib ketganlar jami soni davolanayotganlar sonidan oshdi.  

Ammo xuddi shu paytning o‘zida koronavirusni yuqtirganlar soni ham ko‘paydi — 1444 nafar. Bir kun ilgari 1075 nafar yangi bemor aniqlangandi.

Qurbonlar soni ham ko‘paygan — 369 nafar, bir kun ilgari bu ko‘rsatkich 236 nafarni tashkil etgandi.

Yevropa va global miqyosda koronavirusdan eng ko‘p talafot ko‘rgan mamlakatlardan bo‘lmish Italiya karantinni yumshatish bo‘yicha ilk qadamlarni tashlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring