Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiya: 2020-yilda bittayam xorijlik sayyoh mamlakatga kiritilmaydi

Italiya: 2020-yilda bittayam xorijlik sayyoh mamlakatga kiritilmaydi

Foto: «Profil»

Italiya yil oxirigacha xorijlik sayyohlarni qabul qilmaydi, madaniyat va turizm vaziri Dario Francheskini «La Repubblica» gazetasiga intervyusida shuni ma’lum qildi.

Dario Francheskini. Foto: «La Repubblica»

«Chegaralarning ochilishi har bir alohida davlatdagi epidemiologik vaziyat va siyosatga bog‘liq», — dedi Francheskini.

Vazir Italiyada koronavirus sababli yopilgan muzeylar va asosiy diqqatga sazovor joylar may oyida ochilishi mumkinligini inkor etmadi. Ularning orasida Kolizey va Pompey ham bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring