Isroilda maktablarning aksar qismi ishga tushdi
Isroil hukumati o‘quv muassasalari faoliyatini sekin-asta tiklashga qaror qildi. Mamlakatning ko‘pgina joylarida davlat maktablari o‘z eshiklarini ochdi, deya ma’lum qildi ta’lim vazirligi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
«Bugun ertalab mahalliy hokimiyatlarning taxminan 80 foizi o‘quv muassasalarini ochdi», — deya xabar berdi vazirlik. Gap davlatdagi yahudiylar maktablari haqida bormoqda.
Vazirlikning ta’kidlashicha, o‘quvchilar gigiyenaga amal qilishi va niqob taqishi zarur.
Hukumat qaroriga binoan, yakshanba kuni ultradiniy o‘quv muassasalarining 7-12 sinf o‘quvchilari hamda 1-3 va 11-12 sinf o‘quvchilari maktablarga qaytishadi. Mashg‘ulotlar hozircha majburiy emas. Bolalar bog‘chalari 10-may kuni ochiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter