Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Immunolog koronavirusning hushyor torttiradigan alomatini aytdi

Immunolog koronavirusning hushyor torttiradigan alomatini aytdi

Nafas yetishmovchiligi koronavirus infeksiyasining eng hushyor torttiradigan alomati hisoblanadi, dedi immunolog va allergist Vladimir Bolibok «Lenta.ru» saytiga.

Uning aytishicha, nafas olish tezligini tinch holatda aniqlash kerak, chunki odamning harorati ko‘tarilsa, uning nafas olishi qiyinlashadi.

«Sog‘lom kishilar uchun nafas olish tezligi daqiqasiga 16 tadan 20 tagacha», – dedi shifokor.

Nafas olish tezligi oshishi, nafas etishmovchiligi ortganini ko‘rsatadi. Shifokor taxikardiya fonida nafas qisilishi xavfi haqida ham ogohlantirdi. Agar isitmasi bo‘lmagan odamda tez yurak urishi va nafas qisilishi kuzatilsa, «bu sizga signal, shifokorni chaqirish, o‘pkaning tomografiyasini qilish kerak», ta’kidlaydi immunolog.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring