Ikki qo‘shni davlatda rekord darajada ko‘p inson koronavirus qurboniga aylandi
O‘tgan bir kecha-kunduzda Hindistonda koronavirus chaqirgan COVID-19 pnevmoniyasidan rekord darajada ko‘p inson vafot etdi. Bu haqda «Reuters» xabar bergan.
Bir kunda 2200 kishi hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilinmoqda. Hindistonda jami 11903 ta o‘lim qayd etilgan.
Hindiston koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rindan joy olgan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda 354 ming kishi kasallikka chalingan bo‘lib, 186,9 ming nafari tuzalgan.
Xuddi shunday rekord Pokistonda ham qayd etildi. U yerda o‘tgan bir kecha-kunduzda 140 kishi olamdan o‘tgan. Mamlakat bo‘yicha pnevmoniyadan vafot etganlar soni jami 3307 kishiga yetdi.
Pokistonda 154,7 ming kishi virusni yuqtirgan bo‘lib, ulardan 58,4 ming nafari sog‘aygan.
8-iyun kuni JSST rahbari Tedros Adanom Gebreisus Yevropada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanganini tasdiqladi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, global miqyosda koronavirus tarqalish ko‘rsatkichi yomonlashishi kuzatiladi.
Yangi tipdagi koronavirus chaqirgan COVID-19 pnevmoniyasi tarqalishi ilk bor 2019-yil dekabrda Xitoyning Uxan shahrida qayd etildi. 11-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vaziyat pandemiya bosqichiga yetganini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter