Hokimning qarorini bekor qilinib, 279 nafar tadbirkor faoliyati tiklandi
Uchqo‘rg‘on tumani hokimining noqonuniy qarori bekor qilinishi 279 nafar tadbirkorning faoliyati tiklandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Biznes-ombudsman matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tuman hokimi davlat rahbarining koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini ta’minlash borasidagi farmoniga zid ravishda qaror qabul qilishi natijasida 279 nafar tadbirkorning faoliyati amalda to‘xtab qolgan.
Biznes-ombudsmanning taqdimnomasiga asosan hokimning noqonuniy qarori bekor qilindi.
Ta’kidlanishicha, tadbirkorlarning faoliyatiga koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga oid murojaatlarni tezkorlik bilan hal etish hamda davlat organlari tomonidan ularining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qat’iy rioya etilishi Biznes-ombudsman tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter