Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda pandemiya eng yomon bosqichiga o‘tdi

Hindistonda pandemiya eng yomon bosqichiga o‘tdi

Foto: RNZ

Jahonda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri eng yomon holat ayni paytga kelib Hindistonda kuzatilyapti. «RIA Novosti» xabariga ko‘ra, 30-aprel kuni mamlakatda 401 993 kishida kovid aniqlangan, 3 523 nafar bemor vafot etgan.

«Worldometer» ma’lumotlarida esa 30-aprel kuni Hindistonda 402 110 kishida COVID-19 aniqlangani keltirilgan. Raqamlar sal farqlanadi, bu muhimmas, eng yomoni, har ikki manbada keltirilgan 400 minglik holat!

Solishtirish uchun: koronavirusning eng og‘ir zarbasini qabul qilgan AQShda bir sutkalik eng yomon natija 2021-yilning 8-yanvarida qayd etilib, 307 mingdan ortiq insonda virus topilgandi. Bir kunda 300 mingdan ortiq bemor Qo‘shma Shtatlarda boshqa aniqlanmagan. Ayni paytda AQShda pandemiya davrida koronavirusni yuqtirganlar soni 33,1 mln.dan oshgan.

AQShda kunlik kasallanish holatlari

Manba: «Worldometer»

Hindistonda kunlik kasallanish holatlari

Manba: «Worldometer»

Hindistonda esa sutkasiga 300 mingdan ortiq kasallik aniqlanishi holatlari o‘n kundan beri to‘xtagan emas. Aksincha...

Hozirga kelib Hindistonda kasallanganlar jami soni 19 164 969 nafarga yetgan, vafot etganlar soni 211 mingdan oshgan, 3,26 mln. kishi davolanmoqda.

Koronavirus faolligi shu taxlit saqlanib qolgan taqdirda, Hindiston dunyoning eng ulkan kovid-o‘chog‘iga aylanishi uchun bir yarim oy ham ko‘plik qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring