Hindiston fojiasining sababi ochiqlandi
Hindiston xalqi koronavirus pandemiyasining eng qora kunlarini boshdan o‘tkazyapti: kasallanayotganlar soni kuniga 300 mingtadan oshib, 400 mingtagacha chiqdi, ko‘p minglab jasadlarni o‘tda kuydirishga joy ham topolmay qolishmoqda.
Fojiaga sabab — mamlakat hukumati olimlar va ekspertlar virusning yanada xavfli mutatsiyalari paydo bo‘lishidan ogohlantirishganiga beparvolik qilishganida. Shifokorlar aholi orasida infeksiya kuchayib ketishi xavfi borligidan mart oyi boshlarida ogohlantirishgan, amaldorlar esa kerakli choralarni ko‘rishmagan, yozmoqda «Reuters».
Bundan tashqari, mamlakatdagi millionlab insonlar himoya vositalariga bepisandlik bilan qarashgan — tibbiy niqoblar taqishmagan, turli diniy marosim va siyosiy tadbirlarga bemalol ketaverishgan, ta’kidlaydi nashr.
Oqibatda dunyo bo‘yicha kunlik kasallanish holatlarining yarmidan ko‘pi Hindistonga to‘g‘ri kelmoqda: kecha aniqlangan 680 mingdan ziyod bemorning 370 ming nafari (54,4 foizi) Hindistonga to‘g‘ri kelgan.
Hindistonda kovidga chalinganlar soni 20 million nafarga yaqinlashdi (19,91 mln.), vafot etganlar — 218 945 nafar, davolanayotganlar — 3,4 mln. nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter