Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hech kim bu haqda gapirmaydi!» Olimlar koronavirusning yaratilishida AQSh va Xitoyni ayblamoqda

«Hech kim bu haqda gapirmaydi!» Olimlar koronavirusning yaratilishida AQSh va Xitoyni ayblamoqda

Foto: «TASS/Zuma»

SARS-COV-2 koronavirusi amerikalik va xitoylik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lishi mumkin, deya ta’kidladi norvegiyalik olim-vaksinolog Birger Syorensen.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus yuzasidagi genetik izchillik uning laboratoriyada kelib chiqqanligini ko‘rsatadi.

Britaniyalik professor Anges Dalglish ham Syorensenning fikrlarini qo‘llab-quvvatladi. «Quarterly Review of Biophysics» nashrida mutaxassislar tadqiqot natijalarini e’lon qilishdi. Unga ko‘ra virus hayvondan odamga o‘tgandan beri deyarli mutatsiyaga uchramagan. Ularning fikricha, bu SARS-COV-2 ning avvaldan insonlarga moslashganligini bildiradi.

Bundan tashqari, Syorensenning ta’kidlashicha, mazkur virusda atipik pnevmoniya virusidan oldin tabiatda umuman uchramagan farqli xususiyatlari bor, deb yozadi «iz.ru».

«Biz virusning tabiiy rivojlanish natijasida kelib chiqmaganligini ko‘rib turibmiz. Uni amerikalik va xitoyliklar o‘zlarining «orttirilgan funksiyali mutatsiyalar» deb nomlanuvchi tadqiqoti chog‘ida ishlab chiqishgan. Bunday tadqiqotlar butun dunyoda olib borilmoqda. Hech kim bu haqda gapirmaydi», — deya olimning so‘zlarini keltirgan NRK.

Norvegiyalikning aytishicha, Vashington bilan Pekin ilmiy tajribalarda viruslarning zararini oshirish maqsadida olib borilayotgan tadqiqotlarda azaldan hamkorlik qilib kelishmoqda.

Dalglish bilan Syorensenning fikrini Britaniya razvedkasi sobiq rahbari Richard Dirlav ham tasdiqlagan. Uning aytishicha, laboratoriyalardan birida baxtsiz hodisa yuz bergan bo‘lishi mumkin.

SARS-CoV-2 koronavirusi o‘tgan yili dekabr oyining oxirida Xitoyning Uxan shahrida tarqala boshladi. Ayni vaqtda epidemiya dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga tarqaldi.

So‘nggi oylarda AQSh Pekinni pandemiyaga aloqadorlikda ayblamoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp virusni tarqatgani uchun Xitoyni «jazolashga» va’da berdi.

Xitoy hukumati esa bunga aloqasi yo‘qligini, virusning tabiiy kelib chiqqanligini hamda vaqtida chora ko‘rganligini ta’kidlamoqda.

Ko‘pgina olimlarning fikricha, bunday virusni sun’iy yaratib bo‘lmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring