Gretsiyada koronavirus bo‘yicha noxush rekord o‘rnatildi
Gretsiyada o‘tgan bir kecha-kunduzda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 372 ta yangi holat qayd etildi. Jumladan, 164 nafari avval ma’lum bo‘lgan kasallanish holatlari bilan bog‘liq. Shuningdek, mamlakatga kirib kelgan 21 nafar sayyohda ham xavfli xastalik aniqlangan. Bu haqda 10-sentyabr kuni milliy sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi.
Bu pandemiya boshlangandan beri kasallanishlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Koronavirusga chalinganlar umumiy soni 12 452 kishiga yetdi.
O‘tgan bir kecha-kunduzda to‘rt kishi koronavirusdan vafot etdi. Gretsiyada jami 297 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.
Intensiv terapiya bo‘limlarida 49 kishi intubatsiya qilingan. Avvalroq ahvoli yaxshilangani uchun 167 nafar bemor intensiv terapiya bo‘limidan chiqqandi, deyiladi xabarda.
So‘nggi haftalarda koronavirusga chalinganlar soni ko‘paymoqda. Shu sababli Gretsiya hukumati cheklov qoidalarini kuchaytirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter