Germaniya koronavirus tarqalishini nazoratga oldi

Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yens Shpanning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 tarqalishini nazoratga olishga muvaffaq bo‘lindi, 12-apreldan beri yangi kasallanganlar soni sog‘ayganlar sonidan kamroq.
«Yuqtirish soni kamaydi, bugungi holatga ko‘ra tarqalish nazorat ostida. 12-apreldan boshlab kasallanganlarga qaraganda tuzalganlar soni ko‘proq. Hozir 130 ming kishi kasallikni yuqtirgan bo‘lsa, shundan 80 ming kishi tuzalgan», — deydi Shpan juma kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.
Juma kungi holatga ko‘ra Germaniyada 133 ming kishi COVID-19 ga chalingan, kasallik tufayli qariyb 3,9 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter