Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Epidemiya boshlangandan beri Fransiyada bunday holat kuzatilmagandi

Epidemiya boshlangandan beri Fransiyada bunday holat kuzatilmagandi

Foto: «Yandex.com»

Fransiyada bir kecha-kunduzda 8975 ta koronavirusni yuqtirish holati qayd etildi. Bu epidemiya boshlangandan beri antirekord ko‘rsatkich sanaladi, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi (DGS).

Mart oyining oxirida eng ko‘p kunlik o‘sish 7578 ta holatni tashkil etgandi.

Chorshanba va payshanba kunlari kuniga 7 mingtadan ortiq yangi virusni yuqtirganlar aniqlandi.

Shifoxonalarda koronavirusga chalingan 4671 nafar bemor davolanmoqda, 473 kishi reanimatsiyada.

COVID-19 epidemiyasi boshlangandan buyon Fransiyada 30 686 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring