Endi Turkiyada ham niqob taqmaganlar jarimaga tortiladi
Turkiya IIV dushanba kunidan boshlab koronavirus pandemiyasi sababli niqob tartibini buzganlik uchun 900 turk lirasi (1,3 mln so‘m atrofida) miqdorida jarima joriy etilganini e’lon qildi.
Avvallari niqob tartibini buzganlar ogohlantirilgan xolos. Bunday keskin choralar oxirgi paytlarda mamlakatda koronavirus holatlari 1-1,5 mingtaga ko‘paygani bilan izohlanmoqda. Oldin bu ko‘rsatkich 700-800 tagacha kamaygandi.
Turkiyaning 48 viloyatida, jumladan, Anqara va Istanbulda niqobsiz ko‘chaga chiqish taqiqlanadi. 33 ta viloyatda faqat jamoat joylarida, jumladan, davlat muassasalari, savdo markazlari va transportda niqob taqish majburiydir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada shu paytgacha 188 897 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan bo‘lib, ulardan 161 533 nafari tuzalgan. 4 974 ta o‘lim holati qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter