Endi sanitariya-gigiyena talablarini buzgan tadbirkorlik sub’yektlari karantin xarajatlarini o‘z hisobidan to‘laydi

Respublika maxsus komissiyasi bugun karantin bilan bog‘liq axborot berdi. Unga ko‘ra, endilikda karantin talablarini buzgan tadbirkorlik sub’yektlari sanitariya-gigiyena talablariga rioya etmaslik oqibatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda karantinga olish hamda saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z hisobidan qoplanishi belgilandi
«Jamoat joylarida tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlanish bo‘yicha sanitariya-gigiyena talabiga qat’iy rioya etilishi, shu jumladan ijtimoiy masofani saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirish belgilanmoqda.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati joriy yilning 1 avgustiga qadar saqlab qolinadi.
Karantin cheklovlari sharoitida faoliyat yuritishiga ruxsat berilgan tadbirkorlik sub’yektlariga (qurilish, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish ob’yektlari va b.) tegishli ob’yektlarda belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etmaslik oqibatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda ushbu ob’yektlarni va shaxslarni karantinga olish hamda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar mazkur sub’yektlar hisobidan qoplanishi belgilandi», — deyiladi maxsus komissiya axborotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter