Ekspert: koronavirus — eng kuchli siyosiy virus!
Koronavirusning yangi tipi siyosatga eng kuchli ta’sir o‘tkazuvchi virusga aylandi, deb hisoblaydi Indoneziya tashqi siyosiy hamjamiyat asoschisi va direktori Dino Patti Jalol. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya katta siyosiy xavf-xatarlarni keltirib chiqaradi.
«COVID-19 ni biz ko‘rgan eng kuchli siyosiy virus deb atagan bo‘lardim», — dedi u Valday klubi tomonidan tashkil etilgan onlayn-anjumanda.
«Biologik masalalar ilk bor davlat siyosati va yetakchilar obro‘siga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Bordi-yu, AQSh prezidenti Tramp joriy yil noyabr oyida saylovlarda mag‘lubiyatga uchrasa, bunda ham asosan COVID-19 epidemiyasining ta’sirini ko‘rish mumkin», — deya ta’kidladi ekspert.
Shuningdek, COVID-19 pandemiyasi odamlarning qashshoqlashuviga olib keldi. Kambag‘allar ijtimoiy tartibsizliklarning sababchisiga aylanishi mumkin. Yana pandemiya fonida irqchilik bilan bog‘liq noroziliklar avj oldi.
Bundan tashqari, karantin sharoitida jamoat diplomatiyasi yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazilmayotganidan aziyat chekmoqda. Karantindan so‘ng tiklanish uchun keng qamrovli ishlarni olib borishga to‘g‘ri keladi.
«Ishni xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan boshlashimiz kerak», — deb hisoblaydi mutaxassis.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter