Dunyo bo‘yicha koronavirusni yuqtirganlar soni 8,5 milliondan oshdi

Yer yuzida COVID-19 ga chalinganlar soni 8,5 million kishidan oshdi, deya xabar berdi Amerikaning Jons Xopkins universiteti.
Universitetning 2020-yil 19-iyun soat 14:40 dagi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi virusni yuqtirganlar soni 8 501 444 kishini tashkil etmoqda. 454 230 kishi vafot etgan. 4 169 486 kishi tuzalgan.
Kasallanganlar va halok bo‘lganlar soni bo‘yicha AQSh haliyam birinchi o‘rinda: mamlakatda 2 191 200 kishi koronavirusni yuqtirgan bo‘lsa, ulardan 118 435 nafari vafot etdi. Ikkinchi o‘rinni Braziliya egalladi: u yerda 978 142 kishi COVID-19 ga chalingan bo‘lib, 47 748 nafari hayotdan ko‘z yumgan. Rossiya mazkur reytingda uchinchi o‘rindan joy olgan — 568 292 kishi virusni yuqtirib olgan bo‘lib, ulardan 7 831 nafari olamdan o‘tgan.
Dastlabki o‘ntalikka, shuningdek, Hindiston, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Peru, Italiya, Chili va Eron kiritilgan. Koronavirus dunyoning qariyb 200 dan ortiq mamlakatida qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter