Diplomat koronavirus tarqalishida Xitoyni aybladi

AQShning Xitoydagi elchisi, iste’foga chiqayotgan Terri Bransted yangi tipdagi SARS-CoV-2 koronavirusining butun dunyoga tarqalib ketishida Xitoyni aybladi. Bu haqda CNN xabar berdi.
«Koronavirusni Uxanning ichida ushlab qolish mumkin edi, biroq pirovard natijada u jahon pandemiyasiga aylanib ketdi», — dedi diplomat.
U Xitoy tizimi sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni yashirishga uringani va, hatto, epidemiya boshlanayotgani to‘g‘risida xabar bergan shifokorlarni jazolaganini aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika-Xitoy munosabatlarining yomonlashishida aynan Pekin aybdor.
Bransted 14-sentyabr kuni iste’foga chiqqanligini e’lon qildi. U bu lavozimni 2017-yildan beri egallab kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter