Nurmat Otabekov: «O‘zbekistonda dastlab 50 mingga yaqin kishi emlanadi»
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi aholini 20 foizini emlash uchun vaksinalarga byurtma berilgan, deya xabar berdi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov.
«7 million aholini ikki marotaba emlash uchun jami 15 millionga yaqin doza vaksina olib kelinadi. Dastlabki bosqichda biz 100 ming doza vaksinani olib kelib, 50 mingga yaqin aholini ushbu kasalikka qarshi emlamoqchimiz», — dedi u.
2021 yilda O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari va vaksina sotib olish xarajatlari uchun 3 trillion so‘m ajratishi haqida moliya vaziri Timur Ishmetov Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida ma’lum qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter