COVID-19da o‘lim xavfini ikki baravar oshiruvchi kasallik aniqlandi
Buyrak kasalligi koronavirus infeksiyasida o‘lim xavfini qariyb ikki baravar oshiradi. Londonning Imperial kolleji olimlari shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari «Anaesthesia» jurnalida chop etildi.
Mutaxassislar 10-martdan 23-iyulgacha bo‘lgan davr oralig‘ida London va Birmingemdagi to‘rtta shifoxonaning reanimatsiyasiga yotqizilgan COVID-19 bilan kasallangan 372 nafar bemor haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib chiqishdi.
216 nafar bemorning buyragida surunkali yoki infeksiyalar chaqirgan muammo bo‘lgan, ulardan 107 nafari vafot etgan (taxminan 50 foizi). Shu bilan birga, buyragida hech qanday patologiya bo‘lmagan 156 ta bemordan 32 nafari hayotdan ko‘z yumgan (21 foizi).
Tadqiqotchilar bu virusning butun organizmga ta’siri, o‘pka bilan buyraklar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa, shuningdek, infeksiyalarni davolashda toksik moddalarning ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin deb taxmin qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter