Gollivud COVID-19 pandemiyasi boshlanishi haqida film suratga oladi
Gollivudning SK Global Entertainment kompaniyasi COVID-19 pandemiyasining boshlanishi haqida hikoya qiluvchi yangi film ustida ish boshladi. Bu haqda Wall Street Journal nashri ma’lum qildi.
Ssenariy muallifi Oskar mukofoti sovrindori Charlz Rendolf. Uning so‘zlariga ko‘ra, film triller sifatida emas, balki tibbiy drama sifatida yaratiladi. Kino syujetida koronavirus tarqalishining ilk haftalari va shifokorlarning noma’lum halokatli infeksiya bilan kurashi aks etadi.
Ssenariy muallifining qayd etishicha, u o‘z oldiga deyarli hech narsa ma’lum bo‘lmagan kasallik bilan kurashgan shifokorlar va hamshiralarning ishlariga alohila e’tibor qaratish vazifasini qo‘ygan.
— Yirtqich hayvon bilan kurashish boshqa, zulmatda yirtqich hayvon bilan kurashish umuman boshqa, — deya izohlagan u bu holatni.
Film rejissyorlari 2021 yilda boshlanadigan suratga olish ishlari uchun Xitoy hukumatidan ruxsat olishni kutishmoqda. Uni suratga olish uchun qancha vaqt sarflanishi haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter