Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19 hamshirani bevaqt olib ketdi

COVID-19 hamshirani bevaqt olib ketdi

Toshkent shahar Olmazor tumani Mirzo G‘olib mahallasi hududida joylashgan 18-Oilaviy poliklinikasining katta hamshirasi 1960-yilda tug‘ilgan To‘xtayeva Feruza Askarovna olamdan o‘tdi. Bu haqda tuman hokimligi ma’lum qilgan.

COVID-19 kasalligi mehribon ona, fidoyi, jonkuyar, xalqparvar, bemorlar dardiga davo bo‘lib kelgan shirinsuxan hamshira Feruza Askarovnani bevaqt oramizdan olib ketdi.

Bemorlarga yordam ko‘rsatib charchamagan, ayniqsa, hozirgi vaqtda fidoyilik ko‘rsatgan Feruza To‘xtayeva so‘nggi vaqtgacha o‘z kasbiga sodoqat bilan yondoshdi.

Og‘ir judolik sabab Olmazor tumani hokimligi marhumaning oila a’zolariga sabr tilab, ta’ziya va chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring