Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19: «Bu holatlar kuzatilsa zudlik bilan tez yordam chaqiring» — kardiolog-shifokor 

COVID-19: «Bu holatlar kuzatilsa zudlik bilan tez yordam chaqiring» — kardiolog-shifokor 

Foto: «Xabar.uz»

Kardiolog-shifokor Anna Korenevich COVID-19 ga chalinganlar qanday holatlarda tez yordam chaqirishlari kerakligini aytdi. Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda.

Koronavirus yuqqanidan so‘ng yuqori harorat bir necha kunda ham o‘tib ketmasa, nafas olish tezligi faqat oshib borgan taqdirda tez yordam chaqirish kerak. Anna Korenevich o‘z  YouTube-kanalida uyida davolanayotganlarga ushbu maslahatni berdi.

«Tana haroratingiz 39 bo‘lsa, shunchaki shamolladim, deb o‘ylamang. To‘qson to‘qqiz foiz holatda bu COVID-19. Hech kim bilan yaqin muloqotda bo‘lmang, uyda qoling, o‘z holatingizga befarq bo‘lmang», — tushuntirdi mutaxassis.

Kuniga kamida uch marta arterial qon bosimini, tomir urishini, qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasini va tana haroratini o‘lchash lozim, dedi u.

Tana harorati 38 dan yuqorilab uzoq vaqt saqlanib turishi, nafas olish tezlashib tinch holatda 22 martagacha yetishi, saturatsiya 95 foizdan pasayib ketishi — tez yordam chaqirish uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i.

Barqaror holatdagi bemor to‘shak rejimiga amal qilishi, toza suv ko‘proq ichishi, trombozni kuchaytiradigan mahsulotlar iste’mol qilishdan tiyilishi shart. Antikoagulyantlarni faqatgina shifokor tavsiyasi bilan qabul qilish mumkin, dedi Korenevich.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring