COVID-19 bilan kasallanishlar rekordi yangilandi

Jahonda 24-oktyabr kuni koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 465,3 mingta holat qayd etildi. Bu pandemiya davridagi rekord ko‘rsatkich ekanligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ta’kidlangan.
JSST sayti ma’lum qilishicha, bungacha eng katta rekord bir kun avval, 23-oktyabrda qayd etilgandi — 423,8 mingta holat.
Kunlik kasallanishlar eng ko‘p AQSh (72,3 ming), Hindiston (53,3 ming) va Fransiya (32,4 ming)da kuzatilgan.
Umumiy hisoblaganda jami kasallanganlar soni sayyoramizda 42 mln. nafarga yetgan, bemorlarning 1,1 mln.dan ortig‘i vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter