Buxoro hokimi Karim Kamolov olamdan o‘tdi
Bugun, davlat va jamoat arbobi, Buxoro viloyati hokimi v.b. Kamolov Karim Jamolovich 66 yoshida vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovda joriy yilning 25-iyul kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangandi. Shu kundan boshlab viloyat rahbari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyat filialida muolaja olishni boshlagan.
29-iyul kuni esa davolash muolajalarini davom ettirish uchun Toshkent shahridagi klinikaga ko‘chirib o‘tkazilgandi.
Karim Kamolov shu yilning 29 fevral kuni Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter