Britaniya qirolichasi Yelizaveta II koronavirusga chalindi
Bukingem saroyi xabar berishicha, Britaniya qirolichasi Yelizaveta II koronavirusga chalindi. Shuningdek, Vindzor qasridagi bir necha kishida kovid aniqlangan.
95 yoshli qirolicha topshirgan kovid-test musbat chiqdi. Unda shamollashning yengil alomatlari kuzatilyapti, deyiladi xabarda.
Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri Yelizaveta asosan London yaqinidagi Vindzor qasrida yashayotgan edi. U koronavirusga qarshi vaksina bilan uch marta emlangan.
10-fevral kuni qirolichaning o‘g‘li, taxt vorisi Uels shahzodasi Charlz koronavirusni ikkinchi marta yuqtirgani ma’lum bo‘lgandi. Shundan sal avval u onasi bilan uchrashgandi.
6 fevral kuni Yelizaveta II taxtda o‘tirganiga 70 yil to‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter