Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliyada COVID-19 bilan kasallanganlar soni 5 milliondan oshdi

Braziliyada COVID-19 bilan kasallanganlar soni 5 milliondan oshdi

Foto: «Edition.cnn.com»

Braziliyada koronavirusni yuqtirib olganlar soni 5 million kishidan oshdi, deya ma’lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.

Vazirlikning hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatda COVID-19ga chalinganlar soni 5 000 694 kishiga yetgan, 148 228 nafar bemor hayotdan ko‘z yumgan. 4,3 million kishi yangi virusdan forig‘ bo‘lgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi.

«Worldometer»ning ma’lum qilishicha, 2020-yil 8-oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:00 holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 36 449 490 kishiga yetdi. 1 061 519 nafar bemor kasallik qurboniga aylandi. 27 445 006 kishi COVID-19 dan xalos bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring