Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi vaksinani shifokorlar o‘z tanasida sinab ko‘radigan bo‘lishdi

Koronavirusga qarshi vaksinani shifokorlar o‘z tanasida sinab ko‘radigan bo‘lishdi

Foto: «RIA Novosti»

20-iyul kuni Braziliya koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasini sinab ko‘rishni boshlaydi, deya xabar berdi San-Paulu shtati ma’muriyati.

«Sog‘liqni saqlashni nazorat qilish milliy agentligi koronavirusga qarshi vaksinalar xavfsizligi va samaradorligini tekshirish uchun klinik tajribalarning uchinchi bosqichini boshlashga ruxsat berdi», — deyiladi xabarda.

Gap Pekin biofarmatsevtika kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan vaksinalar haqida bormoqda.

Tadqiqot uchun oltita shtatda koronavirusni yuqtirganlar bilan ishlayotgan tibbiyot xodimlari orasidan 9 mingta ko‘ngilli saralab olinadi.

Ayni vaqtda Braziliya Britaniyaning Oksford universiteti tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani sinovdan o‘tkazyapti.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 11,3 milliondan ortiq kishi kasallikka chalingan bo‘lsa, ulardan 532 ming nafari hayotdan ko‘z yumdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring