Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir o‘rinbosari «Tez yordam»dan avval oilaviy shifokorga murojaat qilishni tavsiya qildi

Bosh vazir o‘rinbosari «Tez yordam»dan avval oilaviy shifokorga murojaat qilishni tavsiya qildi

Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev «Xalqaro press-klub» ko‘rsatuvida ishtirok etdi va O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida bir qator savollarga javob qaytardi.

— Hozir o‘zini noxush his qilganlar tomonidan darhol 103ga qo‘ng‘iroq qilish holatlari ko‘payib ketmoqda. Ammo bemorlar avvalo oilaviy poliklinikasiga, shifokoriga murojaat qilishi lozim. Shifokor kerakli ko‘rsatma va choralarni ko‘rishadi.

Lozim bo‘lgan taqdirda rentgen yoki MRT qilish lozim bo‘ladi. Biz shunday imkoniyatga ega barcha klinikalarni — davlat shifoxonasi bo‘ladimi yoki xususiymi, 24 soat ishlashga o‘tkazdik. Agar o‘pkada zararlanish bo‘lsa, yana o‘z shifokoriga borishi kerak. Shifokor unga qanday dori ichish yoki davolanish kerakligini belgilab beradi.

Test natijalari 5 kunga cho‘zilib ketishi haqida e’tirozlar bo‘lyapti. Buni o‘rganib chiqdik. Testlar haddan tashqari ko‘p olinmoqda, bitta tekshiruvni o‘tkazish uchun 8-9 soat vaqt ketadi. Holatni o‘nglash uchun Toshkent shahrida 83 ta yangi laboratoriya o‘rnatildi. Barcha viloyatlarda kamida 5 tadan PS laboratoriyalar ishga tushirilgan. Ammo talab juda katta. Biz xorijdan yana 50 ta kompleks PSR laboratoriya olib kelishni rejalashtirganmiz.

Tez tibbiy yordam masalasida muammolar o‘rganib chiqildi. Avval Toshkent shahrida 173 ta tez tibbiy yordam mashinasi bor edi, bu ko‘rsatkich 250 taga chiqarildi. Hafta oxiriga qadar yana 50 ta TTYo avtomobili keltiriladi va 300 taga yetkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring