Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev Chiroqchidagi qishloqqa 100 qop un mahsulotini yetkazdi
Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev telegramdagi @xushnudbek kanaliga tushgan reklama mablag‘lari hisobidan o‘zi tug‘ilib o‘sgan Chiroqchi tumani aholisiga 100 qop un mahsulotini yetkazdi.
Xushnudbek yuborgan un mahsuloti Chiroqchi tumanidagi homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markaziga olib kelingan. Talab darajasidagi dizenfeksiya ishlari amalga oshirilgandan so‘ng olis qishloqlardagi ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari ham qo‘shilgan holda yetkaziladi.
Avvalroq ham bloger «O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga 30 mln so‘mni o‘tkazib bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter