Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkent viloyatida bir shaxsning 52 kishiga kasallikni yuqtirgani anglashilmovchilik» – SSV

«Toshkent viloyatida bir shaxsning 52 kishiga kasallikni yuqtirgani anglashilmovchilik» – SSV

Illyustrativ foto

Sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonovning ommaviy axborot vositalarida chiqishi davomida Toshkent viloyatida yashovchi koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxs kasallikning belgilari bo‘lishiga qaramay (yo‘tal, tana haroratining ko‘tarilishi va hansirash), jamoat joylariga borganligi va 52 nafar shaxsni zararlagani holati bo‘yicha shuni vazirlik Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi quyidagilarni ma’lum qildi:

Bugungi kunda fuqarolarimiz tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq tushuntirish ishlari va uning tarqalishini oldini olishga qaratilgan qator choralar ko‘rilishiga qaramay, o‘zlarining hamda atrofdagilarning sog‘lig‘iga mas’uliyatsizlik bilan yondashish holatlari kuzatilmoqda. Natijada bir nafar kasallangan shaxs bir necha shaxslarni zararlashi holatlari kuzatilmoqda.

Shuni aytib o‘tish joizki, Toshkent viloyatida kasallanganlar soni 2020-yilning 6-aprel soat 12:00 holatiga 29 nafarni tashkil etgan. Hududlar bo‘yicha kasallanganlik holatlari esa shu muddatda quyidagicha bo‘lgan:

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 11 nafar
  2. Andijon viloyati 71 nafar
  3. Buxoro viloyati 8 nafar
  4. Jizzax viloyati 2 nafar
  5. Qashqadaryo viloyati 17 nafar
  6. Navoiy viloyati 5 nafar
  7. Namangan viloyati 42 nafar
  8. Samapqand viloyati 21 nafar
  9. Supxondaryo viloyati 5 nafar
  10. Sirdaryo viloyati 4 nafar
  11. Toshkent viloyati 29 nafar
  12. Farg‘ona viloyati 24 nafar
  13. Xopazm viloyati 4 nafar
  14. Toshkent shahri 147 nafar

Ushbu jadvalda hududlar kesimida kasallanish holatlari fuqarolarning doimiy yashash manzillariga nisbatan olingan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bugungi kunda xalqimiz salomatligi va epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida vazir boshchiligida tunu kun xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, A.Shodmonov tomonidan bir shaxs 52 nafar shaxsga kasallikni yuqtirgani og‘zaki anglashilmovchilik bo‘lib, kasallikka chalingan shaxs mas’uliyatsizligi sabab 52 nafar shaxs bilan yaqin muloqotga kirishganligi keltirilgan.

Ta’kidlash joizki, Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus kasalligini tarqalishini oldini olish maqsadida barcha choralarni ko‘rmoqda, shuningdek, epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida fuqarolarimizdan ko‘rilayotgan karantin choralari hamda cheklovlarga amal qilinishini yana bir bor so‘rab qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring