1506 kishi: Kanadada koronavirusdan o‘lim holatlari ko‘paymoqda

Kanadada COVID-19 qurbonlari soni sutka davomida sezilarli ravishda oshdi, deb yozmoqda «Regnum».
«Reuters» agentligi xabariga ko‘ra, Kanadada koronavirus infeksiyasini yuqtirish oqibatida vafot etganlar soni 12 foizga oshib, 1506 nafarga yetdi. Bir kun ilgari qurbonlarning umumiy soni 1346 nafarni tashkil etgandi.
Oxirgi 24 soatda Kanadada koronavirusni yuqtirish holatlari oshdi va jami 33 922 taga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter