Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir hafta uyida davolangani kor qilmadi. 60 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Bir hafta uyida davolangani kor qilmadi. 60 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli M.A. (ayol)da 15 iyul kuni «COVID-19» tasdiqlangan. 22 iyul kuniga qadar bemor uy sharoitida davolangan, klinik belgilar kuchayganligi sababli Ibn Sino nomli 1-sonli klinik shifoxonasiga olib kelingan, holati og‘irligi inobatga olingan holda reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

SSV xabariga ko‘ra, unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir miokard infarkti asoratlari bilan kechgan.

Bundan tashqari, bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og‘ir bo‘lib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring