Bill Geyts vaksinatsiyaga qaramay, pandemiya kuchayishidan xavotirda
Kelgusi oylarda ko‘plab mamlakatlarda vaksinatsiya boshlanganiga qaramay, yangi turdagi koronavirus pandemiyasi kuchayishi mumkin. Voqealarning bunday rivojlanishini «Microsoft» asoschisi Bill Geyts o‘zining shaxsiy blogida ma’lum qildi.
«Afsuski, biz hali ham qiyinchiliklarni yengmadik», — deb yozgan Geyts.
Uning fikricha, kompyuter modellari 2021-yilning dastlabki oylarida global muammolarning yomonlashishini prognoz qilmoqda. Shuningdek, u virusning o‘ta yuqumliligi bilan ajralib turuvchi yangi mutatsiyasini o‘rganish zarurligini ta’kidladi.
Milliarder tibbiy niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash infeksiya tarqalishining oldini olishda samarali usullar ekanligini eslatib qo‘ydi.
Garchi ular boshqa cheklovlar singari keyingi yilda ham saqlanib qolsa-da, vaqt o‘tishi bilan vaksinalarning sharofati bilan vaziyat yaxshi tomonga o‘zgaradi. Geyts vaksinalar samaradorligiga ishonmaydiganlar soni ko‘payib borayotganidan shikoyat qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter